avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom buvim-maxallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


Mening bobom buvim-maxallamiz faxri.
                                                           Reja:
1.Keksalarni e’zozlagan yurt.
2.E’zoz – olloh sifatlaridan biri.
3.Keksalik – baxt, inson umrining ma’naviyat xazinasi.
4.Oila barqarorligida keksalar o’rni.
 
                                             Qachonlardir bizdek edilar,
                                             Elning,  yurtning g’amin yedilar.
                                             Neki balo ko’krak kerdilar,
                                             Har bir tongni savobdan boshlang,
                                             Keksalarni e’zozlab  yashang.
 
      Biz O’zbekiston deb atalmish go’zal va buyuk yurt farzandlarimiz! Biz shunday buyuk va jannadmakon yurtda yashaganimizdan faxrlanamiz. Darxaqiqat, inson umr cho’qqisining ma’lum bir manziliga yetgach, bir nafas olib ortiga   qayrilib qarashi, o’zi bosib o’tgan yo’lning salovati-yu undan qolgan izlarning chamalab ko’rishi tabiiy bir holdir. Ana shu lahzalarda umr so’qmog’ida gul ochgan orzular quvonchini, gohida armonga aylangan niyatlar o’kinchini his etib, o’z-o’ziga   serhisob berishi ham sir emas. Hozirgi paytda ortga qarash kerak, chunki qachonki sen keksalarni ulug’lasang, hurmat qilsangina sendga ham qarigan  chog’ingda hurmat yetishadi. Keksalarni e’zozlash nafaqat foydali va oliyjanoblikdir, balki bu katta savob hamdir.Yashab turgan  hayotimizga  bezak  berib  turgan  keksalarni e’zozlamasak bu odamiylikka to’g’ri kelarmikan?! Shunday ekan     keksalarni  doimo e’zozlab yashaylik, zero, har kunimiz hayrli va savobli bo’lsin,      tongimiz shu  ezoz qadryati bilan boshlansin!